Professional advokat xizmati va yuridik yordam bilan huquqlaringizni himoya qiling. "Universal Yuridik Xizmat" - fuqarolar va tashkilotlar uchun ishonchli yurist ko'magi.
Universal Yuridik Xizmat - bu sizning huquqlaringizni himoya qilishda yordam beradigan mutaxassislar jamoasi
Universal Yuridik Xizmat - bu O'zbekistondagi eng nufuzli yuridik firmalardan biri bo'lib, 10 yildan ortiq tajribaga ega bo'lgan advokatlar jamoasi tomonidan asos solingan. Bizning jamoamiz turli sohalarda, jumladan, korporativ huquq, sud himoyasi, xalqaro savdo va intellektual mulk bo'yicha chuqur bilimga ega.
Bizning afzalligimiz shundaki, biz yurist yordamiga muhtoj bo'lgan har bir mijozning muammosiga individual yondashuv bilan qaraymiz. Biz faqat standart yechimlarni taklif qilmaymiz, balki sizning aniq ehtiyojlaringizga moslashgan strategik yechimlar ishlab chiqamiz. Bizning mijozlarimiz orasida yirik korxonalar, kichik biznes egalari, shuningdek, shaxsiy huquqlarini himoya qilmoqchi bo'lgan fuqarolar bor.
Bizning asosiy qadriyatlarimiz: professionalizm, halollik, mijozlarga bo'lgan ishonch va natijaga intilish. Biz har bir ishda maksimal natijaga erishish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanamiz. Bizning muvaffaqiyatimiz ko'plab mijozlarning ijobiy fikrlari va biz bilan muddatli shartnomalar imzolash orqali tasdiqlanadi.
Korxona tashkil etishdan tortib, sudlarda himoya qilishgacha bo'lgan barcha huquqiy masalalarda sizga tajribali advokat yordam beradi
Tadbirkorlik subyektlari korxonalar shakllarini tanlash, ta'sis hujjatlarini tayyorlash, davlat ro'yxatidan o'tkazish.
Shartnomaviy munosabatlarda so'zlashuvlar, shartnoma loihalarini tuzish va huquqiy ekspertizadan o'tkazish.
Fuqarolik, iqtisodiy, jinoiy va ma'muriy sudlarda himoyachi funksiyasida ishtirok etish.
Hakamlik va xalqaro arbitraj sudlarida ishonch bildiruvchining manfaatlarini himoya qilish.
Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish va yetkazilgan zararlarni qoplash bo'yicha choralar ko'rish.
Moliyaviy tashkilotlar bilan o'zaro munosabatlarda korxonaning nomidan vakil sifatida ishtirok etish.
Sizning shaxsiy huquqlaringizni himoya qilish uchun malakali advokat maslahati va keng ko'lamli yuridik xizmatlar
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar, ma'muriy organlarning qarorlari, notarial harakatlar, davlat ro'yxatidan o'tkazish va boshqa ma'muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan masalalarda yordam.
Jinoyat ishlari bo'yicha guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va fuqaroviy da'vogar manfaatlarini himoya qilish, mahbus va jazoni ijro etayotgan mahkumlarga yuridik yordam ko'rsatish.
Ijara, qarz, kredit shartnomalari, meros, nikoh va mol-mulk, mehnat nizolari, yer masalalari, pensiya ta'minoti va boshqa fuqarolik huquqiy munosabatlarida yordam.
Sizning huquqiy masalalaringizni hal qilishdagi afzalliklarimiz
Biz butun O'zbekiston bo'ylab, hatto Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlarda ham sizga yuridik yordam bera olamiz
Har qanday qo'shimcha mutaxasislar jamoasiga va professionallar ishonchiga ega bo'lgan advokatlar sizga xizmat ko'rsatadi
Biz bilan birinchi maslahat bepul
Biz sizning moddiy shart-sharoitlaringizga mos yurist xizmatlari paketini taqdim etamiz
Biz sizning sadoqatingiz va ishonchingizni oqlash uchun yuridik xizmat ko'rsatish jarayonidan xabardor qilib boramiz
Biz bilan siz nafaqat yuridik yordam olasiz, shu bilan birgalikda, huquqiy ongingiz va yuridik bilimlaringizni ham oshirasiz
Biz uchun masofalar ahamiyatsiz chunki biz sizga eng yaqin joydamiz
Individual doimiy va bir martalik xizmat ko'rsatish paketlari sizning barcha savollaringizga yechim bo'la oladi
To'lov siz istagan usul va muddatlarda
Bizning xizmat ko'rsatish narxlarimiz barcha foydalana oladigan miqdorlarda belgilangan
Bizda qo'shimcha sizga kerakli mutaxassisni topib berish xizmati ham mavjud
Bizning mijozlarimizning fikrlari biz uchun juda muhim
"Universal Yuridik Xizmat jamoasi bilan ishlashdan juda mamnunman. Ular mening korxona tashkil etish jarayonimda yordam berishdi va barcha hujjatlarni to'g'ri tayyorlashdi. Professionalizm va tezkorlik bilan ishlaydigan yuristlar!"
"Mening shirkatim bilan bog'liq murakkab huquqiy masalani hal qilishda Universal Yuridik Xizmat jamoasi juda yordam berdi. Ular o'z ishlarini professional ravishda bajardilar va meni yaxshi natijaga olib chiqishdi. Endi advokat kerak bo'lsa, ularga murojaat qilaveraman."
"Import-eksport operatsiyalari bilan shug'ullanayotganda, Universal Yuridik Xizmat jamoasi bizga shartnomalarni tayyorlashda yordam berdi. Ular ingliz va rus tillarida tuzilgan shartnomalarga yuridik xulosa berishdi. Ularga omad!"
Biz bilan bog'laning va sizga kerakli yordamni ko'rsatamiz
100149 Toshkent sh, Yangihayot t, O'zar ko'chasi, 38-uy
Tez-tez so'raladigan savollar
Biz tadbirkorlik subyektlari korxonalar shakllarini tanlash, ta'sis hujjatlarini tayyorlash, davlat ro'yxatidan o'tkazish, shartnomaviy munosabatlarda so'zlashuvlar, shartnoma loihalarini tuzish, sudlarda himoyachi funksiyasida ishtirok etish, hakamlik va xalqaro arbitraj sudlarida ishonch bildiruvchining manfaatlarini himoya qilish, intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish, moliyaviy tashkilotlar bilan o'zaro munosabatlarda vakillik kabi xizmatlarni taklif qilamiz.
Fuqolar uchun biz quyidagi yo'nalishlarda xizmat ko'rsatamiz: ma'muriy sudlarda (idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar, ma'muriy organlarning qarorlari, notarial harakatlar), jinoyat sudlarida (guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi manfaatlarini himoya), fuqarolik sudlarida (bitimlar, bolalar tarbiyasi, yer nizolari, meros, mehnat nizolari, nikoh va mol-mulk, uy-joy masalalari, pensiya ta'minoti).
Biz, ish kunlari, ertalab soat 10:00 dan kechqurun soat 17:00 gacha ishlaymiz. Kechiktirib bo'lmaydigan holatlarda ish vaqtidan keyin ham yordam berishimiz mumkin. Bunday holatlarda alohida narxlar belgilanadi.
Asosiy ish tili - o'zbek tili. Zaruratga qarab, rus va ingliz tillarida ham xizmat ko'rsatamiz. Bizning jamoamiz turli tillarda muloqot qila oladi.
Bepul maslahat olish uchun biz bilan bog'lanishingiz kerak. Buning uchun saytda ko'rsatilgan raqamlarga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.